D vitaminining asosiy vazifasi — kaltsiy va fosforning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir.
D vitamini yetishmovchiligi kuchli bo‘lsa, suyaklar mo‘rtlashadi, mushaklarda holsizlik, mushak gipotoniyasi yuzaga keladi. Kattalarda bu holat osteoporoz, osteomalatsiya, yurak va qon tomir tizimi faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
D3 vitamini ayollar salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa homiladorlik, emizish va menopauza davrida uning darajasini nazorat qilish zarur.
yollarda D3 gipovitaminozi quyidagi holatlarga olib kelishi mumkin:
Tez charchash
Uyqusizlik
Homiladorlikning og‘ir kechishi
Qon bosimining oshishi
Umumiy holsizlik
Hayz siklining buzilishi
Kayfiyat o‘zgarishlari
Depressiv holatlar
Erta menopauza
Ishtahaning yo‘qolishi
Ich qotishi
Ko‘rishning yomonlashuvi
Qomatning qiyshayishi (suyalish)
Soch to‘kilishi
Tirnoqlarning sinuvchanligi
D3 vitamini ko‘rsatkichlari
< 10 ng/ml
Kuchli yetishmovchilik
< 20 ng/ml
Yetishmovchilik
20-30 ng/ml
Yengil darajadagi yetishmovchilik
30-100 ng/ml
Yetarli darajadagi vitamin D
Kattaroq yoshdagi bolalarda D3 vitamini tanqisligi ham o‘xshash belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘quvchilar ko‘pincha quyidagilardan shikoyat qilishadi: o‘qish vaqtida tez charchash, diqqatni bir vazifaga jamlay olmaslik, asabiylik va yomon kayfiyat Ko‘p hollarda kaltsiferol yetishmovchiligi: depressiv holatlar, kognitiv buzilishlar (xotira, fikrlash, e’tibor buzilishi) kabi muammolarga olib keladi.